Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
20.02.2026
SALOMATLIK_MARAFONI! 

Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 31 oktyabrdagi “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirini amalga oshirish to‘g‘risidagi 335-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida 2026 yil 2–28 fevralь kunlari Andijon shahrida tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) xodimi K. V. Komiljonova hamda filial mutaxassisi O. M. Raxmonov tomonidan 19 –fevral kuni Andijon shahridagi 3 – sonli oilaviy poliklinikada aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida 27 nafar bemor tekshiruvdan o‘tkazilib, bulardan 14 (1 yangi aniqlangan) nafar qandli diabet, 1 nafar qandli diabet oldi xolati, 3 nafar semizlik, 2 nafar diffuz bo‘qoq, 1 nafar tireotoksikoz xastaligi bilan bemorlarga zaruriy tavsiyalar berildi.
Tekshiruvlar jarayonida aholining salomatlik holati baholanib, turli kasalliklarning erta belgilari aniqlandi, har bir fuqaroga tibbiy maslahatlar hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha individual tavsiyalar berildi. Shuningdek, endokrinologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va nazorat qilish masalalari yuzasidan oilaviy shifokorlar uchun tushuntirish ishlari olib borildi.
“Salomatlik marafoni” aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, o‘z salomatligiga bo‘lgan mas'uliyatni kuchaytirish va kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida yuqori ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek"Oilaviy shifokorlar va tibbiy brigadalar uchun Endokrin kasalliklarining eng ko‘p uchraydigan 6 turdagi nozologiyalari bo‘yicha bemorlar marshruti" doirasidagi navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tibbiy brigadalarning jami 10 nafar oilaviy shifokor va 12 nafar patronaj xamda amaliyotchi xamshiralari va 1 nafar endokrinolog shifokori va 3 nafar tor soxa mutaxassislari qatnashib, ularga bugungi kunda dunyo bo‘yicha endokrin kasalliklarining eng ko‘p uchrayotgan 6 turdagi yaьni kandli diabet, qandsiz diabet, diabetik ketoatsidoz, diffuz eutireoz buqoq va semizlik kasalliklarini birlamchi bo‘g‘inda barvaqt aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish algoritmi, tibbiy brigadarlar faoliyatida patronaj ishlari va monitoring kilish shuningdek oilaviy shifokor va tor mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikda ishlash to‘g‘risida darslar o‘tildi.
6 nozologiya bo‘yicha seminarlar belgilangan grafik asosida shaxar tumanlarda davom etmoqda!

636441221_1243569007944272_8829261339303708283_n.jpg637887280_1243569087944264_1358526041188101282_n.jpg637903255_1243568971277609_2228851245801656229_n.jpg638802941_1243568941277612_8547664036929642812_n.jpg

Back to the list