23.02.2026
16-fevral kuni Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida “Xorijdagi vatandoshlar bilan O‘zbekiston bo‘ylab onlayn ekskursiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir oflayn va onlayn shaklda tashkil etildi. Unda viloyat hokimliklari, do‘stlik jamiyatlari, hamkor tashkilotlar, Jamoat fondi vakillari, xorijdagi vatandoshlar hamda Endokrinologiya markazi nomidan Xolmuminov Sirijiddin Suyun o‘g‘li ishtirok etdi.Tadbirning maqsadi xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularni O‘zbekiston bilan yaqinlashtirish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Onlayn ekskursiya orqali ishtirokchilar O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, qadimiy shaharlari va turizm salohiyati bilan tanishdilar. Shuningdek, mamlakat nufuzini oshirish va vatandoshlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.