15.04.2026
Ayni daqiqalarda markazimizda ISO xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritish jarayonlari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda.
Unda markaz xodimlariga korrupsiyaning oldini olish, shaffoflik va halollik tamoyillarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, xalqaro standartlar talablariga mos faoliyat yuritish yuzasidan muhim tushunchalar berilmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti markazda boshqaruv tizimini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda ISO standartlariga muvofiqlikni ta’minlashda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.





Back to the list