15.04.2026
Assalomu alaykum, hurmatli ishtirokchilar!
Sizlarni ISO 37001 standartining yangi talqini va uning talablariga bag‘ishlangan treningda samimiy qutlayman. 2026-yil 15–16-aprel kunlari biz korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining dolzarb masalalarini birgalikda ko‘rib chiqamiz.
ISO 37001 standarti tashkilotlarda shaffoflik, halollik va barqaror boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Uning yangilangan versiyasi zamonaviy tahdidlar va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, korrupsiya xavflarining oldini olish va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur trening nafaqat standart talablarini o‘rganish, balki uni amaliyotga joriy etish yo‘llarini muhokama qilish, tajriba almashish va muhim savollarga javob topish imkonini beradi.
Barchangizga samarali ish, faol ishtirok va foydali bilimlar tilayman!
E’tiboringiz uchun rahmat va xush kelibsiz!


Back to the list