Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
24.04.2026
2026 yil 23 aprel kuni endokrinologiya xizmatini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish hamda endokrinologik kasalliklar bilan D nazoratida turgan bemorlarni DMED tizimiga to‘liq va sifatli kiritilishini ta’minlash maqsadida RIEIATM Namangan filiali mutaxassisi E.Isroiljonov tomonidan 61-62- oilaviy poliklinikalar va Mamay,Qayroqi oilaviy shifokorlik punktlarida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
• Endokrinologik kasalliklar bilan ro‘yxatda turgan bemorlar hisobining yuritilishi;
• D nazoratidagi bemorlarning to‘liq qamrovi va ularning tibbiy hujjatlari holati;
• DMED tizimiga ma’lumotlarni kiritish sifati, to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi;
• Shifokor va hamshiralarning tizimdan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari o`rganildi.
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, joylarda endokrinologiya xizmatini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, DMED tizimiga D ro`yxatdagi endokrinologik kasalliklar bilan turgan bemorlarni kiritilishini kuchaytirish zarur deb topildi.
Endokrinologiya xizmatini yanada yaxshilash maqsadida joylarda mas’ul tibbiyot xodimlari (oilaviy shifokor,amaliyot hamshiralar,IT-mutaxassislar)ga amaliy va metodik yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, kelgusida ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada takomillashtirish, D nazoratdagi bemorlarning to‘liq qamrovini ta’minlash hamda DMED tizimidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

677646469_1292420156392490_123276101925048335_n.jpg678553785_1292420199725819_1326827223076826024_n.jpg677879139_1292420023059170_1418905744626863507_n.jpg679665310_1292419849725854_7589747945867251167_n.jpg677539523_1292420396392466_9066290631876695719_n.jpg677267349_1292420263059146_3203655541761315314_n.jpg

Back to the list