24.04.2026
Bugun Endokrinologiya markazi oftalmologi t.f.d. Yuldasheva N.M., Nuklear tibbiyot bo‘limi mudiri Usmanov L.X. va tibbiy turizm bo‘limi mas’ul shifokori Xolmuminov S.S., shuningdek Qirg‘izistonning O‘sh viloyati endokrinologi Aziza Azimjanova bilan birgalikda onlayn Zoom konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya mavzulari:
— Tireotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarni radioaktiv yod terapiyasiga tayyorlash
— Ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar
Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi — Qirg‘iziston Respublikasida to‘liq tekshiruv va davolanish imkoniyati cheklangan endokrinologik bemorlarni Endokrinologiya markaziga jalb etish hamda xorijiy bemorlar sonini oshirishdan iborat.