11.11.2022
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 26-oktyabrda masʼul tibbiyot xodimlari oldiga qoʼyilgan vazifalarni bajarish yuzasidan, uch tomonlama shartnoma imzolash doirasida 2022-yil 11-noyabr kuni Buxoro viloyati hokimi Zaripov B.K. va Akademik Y.X. To’rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori t.f.d F. F. Turaev urtasida uchrashuv boʼlib utdi. Tomonlar Buxoro viloyatida endokrinologiya sohasida kasallanishning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan masalalar, taklif etilgan yechimlar va chora-tadbirlarni muhokama qildilar.