12.11.2022
Аndijon viloyat endokrinologiya dispanseri tomonidan 10 noyabr kuni “Buyuk Turon” tantanalar saroyida viloyatdagi qandli diabet bilan xastalangan bolalar uchun “14-noyabr Diabetga qarshi kurashish kuni” xayriya tadbiri oʼtkazildi. Xayriya tadbiriga 80 nafarga yaqin 14 yoshgacha qandli diabet 1 turi bilan xastalangan bolalar va ularning ota-onalari qatnashdi. Viloyat madaniyat xodimlari bilan birgalikda qandli diabet bilan xastalangan bolalarni chiqishlari tadbirni yanada qiziqarli boʼlishini taʼminladi. Tadbirda qatnashgan va tashrif buyurgan kandli diabet bolalarga xomiylar tomonidan tashkil qilingan sovgʼalar berildi. Diabet oyligi davom etmoqda.