12.11.2022
Inson qadri uchun!
2022 yil 26 yanvardagi 102-sonli “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori ijrosi hamda noyabrь oyi “Diabet oyligi” doirasida va ayni paytda joylarda tibbiy-profilaktik tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali tomonidan viloyat bolalar maxsuslashtirilgan sihatgohida bolajonlar har yili 2 marta endokrinologik tibbiy koʼrikdan oʼtkaziladi va bolalar endokrinologlari tomonidan sogʼlom turmush tarziga rioya qilish toʼgʼrisida salomatlik darslari sihatgoh bolajonlari uchun tashkil etiladi.
Koʼrik davomida sihatgohdagi 160 nafar bolalar va oʼsmirlar jismoniy va jinsiy rivojlanish, diffuz buqoq, qandli diabet, semizlik kabi kasalliklar boʼyicha malakali shifokor Xurshida Ulugʼova tomonidan profilaktik koʼriklardan oʼtkazildi, tabriyalanuvchilarning uch nafarida jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, 1 nafarida kriptorxizm, 6 nafarida past boʼylik aniqlandi. Ularga va sihatgoh masʼullariga zarur tavsiyalar berilib, bemorlar nazoratga olindi.



Back to the list