14.08.2023
Inson qadri uchun! 2022 yil 26 yanvardagi - "Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora- tadbirlari” tugrisidagi 102 prezident karorini bajarish maksadida, akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM bosh shifokor urinbosari t.f.d. Narimova G.D., xamda shu markazning Xorazm filiali bosh vrachi Goibov G.K. tomonidan 2023 yil 11 avgust kuni Urganch shahar xokimligi binosida Xorazm viloyati Urganch shahar tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan 84 nafar tibbiyot xodimlarga (patronaj xamshiralar, oilaviy shifokorlar, endokrinologlar) 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida “Qandli diabetni erta aniqlash” skriningini amalga oshirish to‘g‘risida seminar trening o‘tkazilib, Xorazm viloyati axolisi orasida utkazilayetgan skriningni ayrim natijalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek t.f.d. G.D.Narimova tamonidan Markazning Xorazm filialida ambulator tekshiruvga kelgan va statsionarda davolanayotgan murakkab tashxisli bemorlarni tibbiy ko‘rikda o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi.