05.09.2023
Inson qadri uchun! “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun II darajali “Salomatlik” ordeni bilan Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari t.f.d., professor Xalimova Zamira Yusufovna taqdirlandi.
Ushbu yuksak mukofot bilan Zamira Yusufovnani barcha markaz xodimlari o‘zlarining iliq tilaklari bilan tabrikladilar.