Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
05.09.2023
Inson qadri uchun! SSV: Endokrinologiya markazi Xorazm filialining yangi poliklinika binosi foydalanishga topshirildi

 Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining poliklinika hamda qandli diabet asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

 Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi J.Rahimov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Sodiqov, shuningdek muassasa xodimlari, endokrinologiya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan fidoyi shifokorlar ishtirok etdi.

Yangi bino qurilishi uchun mahalliy byudjetdan 6,3 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib, davolanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

 Xususan, endilikda bu yerda erta diagnostika va rekonstruktiv amaliyotlar orqali qandli diabetning og‘ir asoratlari oldi olinadi. Qolaversa, kasallikni shu yerning o‘zida tekshirish va davolash yo‘lga qo‘yiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati


370283327_623304569970722_4661250855796160752_n (1).jpg369981563_623304596637386_5301941736607661974_n.jpg369980815_623304579970721_4648230082423902610_n.jpg369969331_623304603304052_2007902911386919716_n.jpg

Back to the list