05.09.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash, xamda Sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy davlatlar bilan aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan 2023 yil 4 sentyabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Diabetik markazi raxbari Astamirova Xavra Sayd-Axьyadovna boshchiligida «Qandli diabet 2-tur bemorlarni terapevtik o‘qitish maktabi» seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Ushbu treningga Markazning barcha filiallaridan jami 14 nafar endokrinolog-trenerlar taklif qilingan. Seminarda 2 tur qandli diabetli bemorlarni o‘qitish maktabi, ularni ishlash printsiplari, xaqida ma'lumotlar berildi. Ushbu trening jami 10 ta mavzudan iborat «qandli diabet 2 tur bemorlarni terapevtik o‘qitish maktabi» darslarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, trenerlar bir xafta mobaynida barcha mavzular bo‘yicha treningda ishtirok etishadi.
Seminar interaktiv tarzda amalga oshirilmoqda.





Back to the list