11.09.2023
Inson qadri uchun! 2023-yil 08-sentabr kuni o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Amerika salomatlik haftaligi doirasida Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATMarkaz raxbari tibbiyot fanlari doktori To‘raev F.F. AQShning yetakchi tibbiy klinikalari vakillari bilan muzokaralar olib borildi - Nadim Rahman, tibbiyot fanlari doktori, korporativ aloqa xodimlari bo'yicha rais o'rinbosari (Klivlend klinikasi); Yakov Elgudin, MD, jarrohlik kafedrasi dotsenti (Universitet kasalxonalari Harrington yurak va qon tomir instituti); Rikkardo A. Superina, transplantatsiya jarrohligi bo'limi boshlig'i, transplantatsiya jarrohligi xizmatining direktori (Chikagodagi bolalar kasalxonasi). Tomonlar intensiv terapiya va reanimatsiya, kardiojarrohlik va transplantologiya yo‘nalishlarida ilmiy va ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar!