22.09.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM xududiy filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.n. Faxrutdinova S.S. tomonidan 21.09.2023 y Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxrida 16 ta tuman/shaxarning jami 125 nafar koordinator, OP/OShP mudirlari, oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralarga qandli diabet va diabet oldi xolatini erta aniqlash, skrining bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilib, monitoring ishlari olib borildi. Seminar interaktiv tarzda amalga oshirildi.