Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
26.09.2023
AXBOROT XATI

HURMATLI HAMKASBLAR!

Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 9 noyabrda Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ishtirokli “Turakulov o‘qishlari” nomli ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.
Anjumanning maqsadi endokrinologiya yo‘nalishida fan va texnikaning eng yangi yutuqlari sohasida ilg‘or tadqiqotlar bilan almashish, ishtirokchilarning o‘zaro aloqasi orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-texnik yutuqlarni, endokrinologiyaning asosiy muammolarini muxokama qilishdan iborat. Anjumanda endokrinologiya sohasidagi yetakchi xorijiy olimlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Anjuman tashkilotchilari:
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
• Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi,

Anjuman dasturining asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
• Qandli diabet asrning global muammosi
• Neyroendokrin o‘smalar. Zamonaviy diagnostika va davolash
• Tireoidologiyaning zamonaviy jixatlari
• Reproduktiv endokrinologiya
• Bolalar endokrinologiyasida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
• Semizlik, diabet va osteoporoz prizmasi orqali metabolizm buzilishi
• Yosh olimlar tanlovi

Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Tadbir davomida yosh olimlar (35 yoshgacha bo‘lgan) tanlovini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 1, 2 va 3 –sovrinli o‘rinlarni olgan mualliflarga anjuman dasturida ma'ruza bilan ishtirok etish va sovrinlar taqdim etiladi. Qatnashuvchilar tanlovi 2023 yil 17 oktyabr kuni akademik Yo.X.To‘raqulov RIEIATMda ma'ruzalar asosida o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman materiallari (maqolalar) “RE-HEALTH” ilmiy jurnalida chop etiladi. Talablarga muvofiq tayyorlangan materiallar, shuningdek anjumanda ishtirok etish uchun ariza endocrineducenter@umail.uz. elektron pochta orqali anjuman tashkiliy qo‘mitasiga yuborilishi kerak.
Maqolalar qabul qilishning oxirgi muddati - 2023 yil 10 oktyabrь.
10 oktyabrdan keyin yuborilgan va talabga javob berilmay shakllantirilgan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi. Barcha ilmiy ishlar plagiatga tekshiriladi.

Hurmat bilan,
Akademik Yo.X. To‘raqulov RIEIATM direktori, anjuman tashkiliy qo‘mitasi raisi t.f.d. F.F.Turayev

AXBOROT XATIGA ILOVA
Yosh olimlar tanlovi talablari:
Tadbir davomida yosh olimlar (35 yoshgacha bo‘lgan) tanlovini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 1, 2 va 3 –sovrinli o‘rinlarni olgan mualliflarga anjuman dasturida ma'ruza bilan ishtirok etish va sovrinlar taqdim etiladi. Qatnashuvchilar tanlovi 2023 yil 17 oktyabr kuni akademik Yo.X.To‘raqulov RIEIATMda ma'ruzalar asosida o‘tkaziladi.
Yosh olimlar tanlovida ishtirokini tasdiqlagan har bir ishtirokchiga ma'ruzani taqdim etish uchun reglament 7 daqiqa.
Ma'ruzada quyidagilar bo‘lishi kerak:
• Ma'ruza nomi;
• mualliflarining ismi va familisi;
• shahar va tadqiqot o‘tkazilgan tashkilot nomi;
• muallif kontaktlari (muallifning xoxishiga ko‘ra).
Tavsiya etiladi:
Ma'lumotni qabul qilishni osonlashtirish uchun taqdim etilgan materialni tuzish, bo‘lim sarlavhalarini ajratib ko‘rsatish, rasm va jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Jurnalga maqolalarni taqdim etish talablari
“RE-HEALTH” ilmiy jurnallariga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar mavzusi jurnallarning ruknlariga mos kelishi shart.
1. MAQOLA METAMAЪLUMOTLARI 3 XIL TILDA BO‘LIShI LOZIM:
- Maqola mavzusi (Titl)
Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.
- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan to‘liq), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.
- Maqola annotatsiyasi (Abstract)
Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 10-12 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.
- Kalit so‘zlar (Key words)
Maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. scholar.google.com  yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun xizmat qiladi va tayanch so‘zlarning 3-5 ta bo‘lishi tavsiya etiladi.
2. ASOSIY QISMGA BO‘LGAN TALABLAR:
- Kirish (Introduction)
Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda Prezident asarlari va ma'ruzalariga albatta murojat qilinishi lozim).
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda ma'lum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma'lumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘li va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi.
- Tahlil va natijalar ((Analysis and results)
Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References) Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi: - mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari; - mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari. Adabiyotlar soni kamida 10-12 manbadan iborat bo‘lishi lozim.
3. MAQOLA MATNINI TAHRIRLASh
-Shrifti “ Times New Roman ”da, 14 lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi.
-Maqolaning maksimal hajmi 10 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 5 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
- Maqolada albatta jadval, chizma yoki rasmlar bo‘lishi shart. Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim.
- Maqolalar o‘zbek (lotin), rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
- O‘zbek tilidagi o‘, g‘, q, h kabi harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida to‘liq yozilishi shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
- Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi.
- Boshqa nashrlarda chop etilgan yoki boshqa nashrlarga nashrga yuborilgan maqolalarni tahririyatga topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya qilinmasa, maqolalar mualliflarga ko‘rib chiqilmasdan qaytariladi.
Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati - 2023 yil, 10 oktyabrь

Anjumanda ishtirok etish uchun ariza
1 To‘liq I.F.O. (to‘liq)
2 Ilmiy daraja, ilmiy unvon
3 Lavozimi
4 Ish joyi, manzili
5 Ilmiy ishning nomi
6 Ishtirok etish shakli (nashr yoki nashr bilan og‘zaki taqdimot)
7 Ishtirok etish shakli (onlayn / oflayn)
8 Aloqa telefoni
9 E-mail

Tashkiliy qo‘mitaning manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, ko‘ch. Mirzo-Ulug‘bek, 56. Aloqa telefonlari: + 99871-262-27-02 (Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Halimova Zamira Yusupovna), ofis: + 99871-262-06-84; mob.: + 99897-330-88-44 (ilmiy kotib Akida Sattarovna Sadikova), + 99899-485-00-01 (o‘quv markazi rahbari Shaxnoza Baxtiyarovna Kalanxodjayeva)

Back to the list