11.10.2023
Inson qadri uchun! Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM endokrinologlari, shuningdek, markazning Toshkent, Andijon, Jizzax, Surxondariyo filiallari endokrinologlari Gruziyaning yetakchi klinikasi – Milliy endokrinologiya institutida malaka oshirmoqda.
Milliy Endokrinologiya instituti endokrinologiya sohasida yuqori texnologiyali uskunalar va ilg‘or davolash usullarini taklif etuvchi zamonaviy klinika hisoblanadi. Ushbu klinikada stajirovka o‘tash evaziga RIEIATM markazi, shuningdek, uning filiallari shifokorlari O‘zbekiston Respublikasi aholisiga endokrinologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirishda o‘z malakalarini kengaytirib, so‘nggi ishlanmalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Xalqaro stajirovkalar tibbiy yordam sifatini oshirishga hissa qo‘shib, turli mamlakatlar va madaniyatlar shifokorlari o‘rtasida tajriba almashish imkonini beradi.





Back to the list