Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xodimlarning bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish haqida buyrug'i
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Markaziy apparatida 2025-yilda ishga qabul qilingan va rotatsiya qilinganlar xodimlar haqida maʼlumot
Hurmatli hamkasblar! Aziz yurtdoshlar!
Korrupsiya — davlat va jamiyat uchun jiddiy xavf. Shu bois yurtimizda barcha sohalar qatori sog'liqni saqlash tizimida ham bu illatga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik hamda inson omili bilan bog'liq holatlarga barham berishga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.
Albatta, jamoatchilikning faol ishtiroki va yurtdoshlarimiz ko'magisiz ushbu maqsad va marralarga erishish, tibbiyotni korrupsiyadan xoli, to'laqonli xalqchil tizimga aylantirish mushkul. Shu sababli bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarimizni birlashtirish va o'zaro hamkorlikda o'z echimini kutayotgan og'riqli muammolarimizni elkama-elka turib, samarali hal etish yuzasidan sizlarga murojaat qilmoqdaman!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi. Korrupsiyaga "jamiyat tanasidagi saraton" sifatida qarash kerak".
Shu ma'noda, bugun sohadagi yutuqni – yutuq, kamchilikni – kamchilik, deb aytib, tizimdagi "kasalliklar"ga to'g'ri tashxis qo'yib, ularning davosini topishga birgalikda harakat qilishimiz zarur.
Ammo, afsuski, hali ham sog'liqni saqlash muassasalarida korrupsiya, byurokratiya, ta'magirlik, manfaatlar to'qnashuvi kabi ayrim salbiy holatlar saqlanib qolyapti. Bu esa, tizimdagi islohotlar samaradorligiga putur etkazib, xalqimizning tibbiyotga, fidoyi mutaxassislarimiz mehnatiga bo'lgan ishonchini zaiflashtirmoqda.
Ana shu holatlardan kelib chiqib, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlarini keng joriy etishga alohida e'tibor qaratyapmiz. Soha faoliyatida ochiqlikni ta'minlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda.
Xususan, qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni o'zida jamlagan yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) yaratilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shuningdek, "Situasion markaz" tashkil qilinishi sohada byudjet mablag'larining maqsadsiz sarflanishi hamda korrupsiya risklarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Binobarin, tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda raqamlashtirilgan yangi mexanizm ishga tushirilgani va Buxoro viloyatida tajriba-sinov loyihasi sifatida joriy etilgani muhim yangiliklar sirasidan.
O'z navbatida, soha rahbar-kadrlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib, zamonaviy menejment asoslari bo'yicha o'qitilmoqda. Tibbiyot muassasalari hisobchilarining moliyaviy bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha o'quv kurslari tashkil qilinyapti.
Albatta, bu hali etarli emas. Oldinda o'z echimini kutayotgan muammolar, davlatimiz rahbari oldimizga qo'ygan talab va vazifalar ko'p. Buni to'laqonli uddalash uchun butun yurtdoshlarimiz birlashib kurashishi zarur. Shundan kelib chiqib, biz korrupsiyaga qarshi kurashishda kuchli jamoatchilik nazoratini o'rnatishni muhim mezon, deb bilamiz.
Hurmatli fuqarolar!
Vazirlik Markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh bo'lsangiz yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma'lumotga ega bo'lsangiz, vazirlikning "1203" qisqa raqamli "ishonch telefoni" hamda https://t.me/ssvantikor_bot rasmiy Telegram boti yoxud info@ssv.uz elektron pochta manzili orqali o'z murojaatingizni yo'llashingiz mumkin.
Shu o'rinda, nafaqat korrupsion holatlarni barataraf etish, balki sohani yanada takomillashtirishda Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun juda muhim ekanligini yana bir bor eslatib o'tmoqchiman. Har bir murojaat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan qisqa muddatlarda ko'rib chiqilib, zarur amaliy choralar ko'rilishini ma'lum qilaman.
Asilbek Xudayarov,
O'zbekiston Respublikasi
Sog'liqni saqlash vaziri
Hurmatli fuqaro! Agar siz qonunbuzarlik, manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, zudlik bilan quyidagi aloqa kanallari orqali xabar bering:
• Ishonch telefoni — 1203 (Call-center);
• Elektron pochta — compliaence@ssv.uz;
• Rasmiy veb-sayti — https://gov.uz/oz/ssv/sections/view/69826 ;
• Facebookdagi sahifa — www.facebook.com/Komplaens;
• Telegram bot — @ ssvantikor_bot.
Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xodimlarning bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish haqida buyrug'i
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil
8-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid ichki me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 203-sonli buyrug‘i
Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha SIYOSATI
Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash USLUBIYOTI
Sog‘liqni saqlash vazirligida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi NIZOM
Sogʻliqni saqlash vazirligi aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish REGLAMENTI
Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarini “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM
Sog‘liqni saqlash vazirligida kontragentlarni tekshirishga oid YO‘RIQNOMA
Sog‘liqni saqlash vazirligiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha YOʻRIQNOMA (1-Ilova)
Sog‘liqni saqlash vazirligida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish USLUBIYOTI
Sogʻliqni saqlash vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish boʻyicha REGLAMENT
Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha REGLAMENT (1-Ilova, 2-Ilova, 3-Ilova, 4-Ilova)
Sog‘liqni saqlash vazirligida davlat xaridlari ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA
Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM
Sog‘liqni saqlash vazirligida Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM
Sog‘liqni saqlash vazirligida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOM
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq Kodeksini tasdiqlash haqida”gi 88-sonli buyrug‘i
Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq KODEKSI
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 15-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 287-sonli buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-ahloq QOIDALARI
Korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish bo'limining 2025 yil 1-choraklik hisoboti.
Sog'liqni saqlash vazirining 2025 yil 24 fevraldagi 50-son buyrug'i
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni
Korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan tarqatma materiallar.
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat
Sog'liqni saqlash vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko'rsatishi to'g'risida hisobot
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari 2025-yil yakuni bo‘yicha hisobot
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimining amal qilishi yuzasidan umumiy hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida 2025-yilning 9 oyi uchun.
Korrupsiyaning oldini olish borasida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar.