23.12.2025
2025 yil 20 dekabr kuni "RIEIATM" Namangan filiali xodimlari B. Davlatov, F. Atavaliyeva, tomonidan RShTYoIM NF majlislar zalida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Namangan shahar tibbiyot birlashmasi, Yangi Namangan TTB, Davlatobod TTB tizimidagi OPlardan umumiy amaliyot shifokorlari hamda barcha tibbiy brigadalar patronajlari, amaliyotchilari, endokrinologlardan iborat jami 305 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda RIEIATM tomonidan tayyorlangan 6 turdagi endokrinologik xastaliklar buyicha YUL XARITA (marshrutizatsiya) bilan tanishtirildi. Aholi orasida "qandli diabet, kalkonsimon bez xastaliklari, semizlik, kandsiz diabet" xastaliklarini tarqalishini oldini olish hamda keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganib bartaraf etish to‘g‘risida tushintirishlar berildi. Diagnostik kriteriyalarni ya'ni sog‘lom, prediabet. diabetda glikemiya ko‘rsatkichlari o‘rgatildi. Seminarda savol javoblar bo‘ldi.



Back to the list