30.12.2025
Inson qadri uchun! Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar delegatsiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi endokrinologiya bo‘yicha Andijon filialida bo‘lib, muassasaning faoliyati hamda zamonaviy tibbiy texnologik uskunalar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlarga endokrin kasalliklar diagnostikasi va davolashda qo‘llanilayotgan zamonaviy laborator va apparat-texnik imkoniyatlar, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislar mehnati haqida ma'lumot berildi. Uskunalarning texnik holati, samaradorligi va kelgusidagi investitsion hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Investorlar markazda yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish borasida qo‘shimcha loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Bu esa viloyatimizda endokrinologiya sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.



Back to the list