Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
13.01.2026
Qalqonsimon bez biopsiyasi — bu bezda aniqlangan tugunlar yoki shubhali o‘zgarishlarning hujayraviy tarkibini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan diagnostik tekshiruvdir. Ushbu usul yordamida yaxshi va yomon sifatli (xavfli) jarayonlarni farqlash mumkin.

Biopsiya odatda UZI nazorati ostida amalga oshiriladi. Yupqa steril igna yordamida tugundan oz miqdorda hujayra namunasi olinadi. Jarayon qisqa (5–10 daqiqa), deyarli og‘riqsiz bo‘lib, umumiy narkoz talab etilmaydi.

Olingan material sitologik tekshiruv uchun laboratoriyaga yuboriladi. Natijalar asosida keyingi davolash yoki kuzatuv taktikasi belgilanadi.

Biopsiya ko‘rsatmalari:
• Qalqonsimon bez tugunlari
• Tugun hajmining tez o‘sishi
• UZI da shubhali belgilar
• Onkologik xavf omillari mavjudligi

Afzalliklari:
• Yuqori aniqlik
• Xavfsiz va minimal invaziv
• Tez va ishonchli tashxis
55)508-50-00

Video: 

Back to the list