17.01.2026
«Madaniyat va ma'rifat» telekanalida endokrinologiya xizmatiga bag‘ishlangan suhbat efirga uzatildi. 2025 yil 10 dekabrь kuni soat 13:30 da «Madaniyat va ma'rifat» telekanali orqali «Agar» ko‘rsatuvi doirasida endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan bir soatlik telesuhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qaror ijrosining amaliy natijalari, aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, shuningdek bolalar va kattalar endokrin kasalliklarini erta aniqlash masalalari muhokama qilindi. Televizion suhbatda Markaz klinikasidan quyidagi mutaxassislar ishtirok etdilar: Xolikov Alisher Yusupovich — tibbiyot fanlari nomzodi, gemodializ bo‘limi mudiri; Nazarova Nozima Sunnatulayevna — klinik tibbiyot fanlari nomzodi, endokrin osteopatiya bo‘limi mudiri; Shariksiyeva Muxlisa Abrarovna — klinik tibbiyot fanlari nomzodi, bolalar bo‘limi mudiri; Latipova Maftuna Abbasovna — klinik tibbiyot fanlari nomzodi, klinik endokrinologiya bo‘limi shifokori. Ishtirokchilar tomonidan endokrinologiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, ixtisoslashtirilgan bo‘limlar faoliyati, tibbiy yordamning uzviyligi hamda profilaktik yo‘nalishlarni kuchaytirish borasida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur telesuhbat aholining tibbiy savodxonligini oshirish, endokrin kasalliklarni barvaqt aniqlash va samarali davolash imkoniyatlari haqida keng jamoatchilikka ishonchli ma'lumot yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Video: