21.01.2026
2026 yil 14–16 yanvar kunlari Akademik
Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan t.f.n. Alimova N.U. rahbarligida hamda Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri xodimlari bilan birgalikda Buxoro viloyatida amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar Buxoro va Kogon shahri, Olot tumani, Qorako’l va Jondor tumanida tashkil etildi. Oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar uchun 6 ta asosiy endokrin nozologiya bo‘yicha bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan interaktiv o‘quvlar o‘tkazilib, har bir shifokorga tayyor chop etilgan yo‘l xaritalari tarqatildi.
Shuningdek, har bir tuman va shaharda tibbiyot birlashmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, endokrin kasalliklar bo‘yicha yo‘l xaritalari taqdim etildi hamda ularni amaliyotga to‘liq joriy etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Qandli diabet bo‘yicha skriningni to‘liq o‘tkazish maqsadida poliklinikalarning moddiy-texnika ta’minoti holati o‘rganildi.





Back to the list