21.01.2026
Mirzo Ulug'bek tumanida ma'rifiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda!
Eng ulug‘ g‘oyamiz: “Jaholatga qarshi — ma’rifat"
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mirzo Ulug'bek tuman hokimligi hamda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Mirzo Ulug'bek tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining matbuot kotibi – Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi, “Shuhrat” medali sohibi I.Marupov ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda yosh avlodni jamiyatga zid yot g‘oyalardan va noto'g'ri e'tiqodiy qarashlar ta’siridan himoya qilish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, shuningdek, Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kasb odobi va mehnatga sodiqlik masalalari atroflicha tushuntirildi. Kasbiy majburiyatni mas’uliyat bilan bajarish, ishga halol va vijdonan yondashish, shuningdek, har bir kasb egalari o‘z vazifasiga sadoqat bilan yondashsa, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha olishi ta’kidlandi.




Back to the list