Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
21.01.2026
Tuman darajasida aholiga endokrinologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish hamda tizimli monitoringni amalga oshirish maqsadida 2026-yil 20-yanvar kuni RIEIATMdan Samarqand viloyatiga biriktirilgan kurator G.M. Jabbarova, Urgut tuman kuratori Y.A.Abduroziqova hamda A.E. Xamzayev tomonidan Urgut tuman Ko‘p Tarmoqli Markaziy Poliklinikasiga ishchi tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida shu davrgacha bajarilgan ishlar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, hududlarda aholiga yuqori malakali, sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tushuntirishlar berildi.Mazkur tashrif doirasida 2026-yil 20-yanvar kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida oilaviy shifokorlar ishtirokida RIEIATM Samarqand viloyati filiali endokrinologi A.E. Xamzayev tomonidan “Endokrin kasalliklarni tashxislash algoritmi va davolash yo‘nalishi xaritasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 46 nafar oilaviy shifokor faol ishtirok etdi. Tadbir interaktiv usulda, savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borildi. Seminar davomida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, davolash jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tarqatma materiallar yetkazilib, ularning amaliy faoliyatida qo‘llash uchun tavsiyalar berildi. Mazkur seminar oilaviy shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholining endokrin kasalliklar bo‘yicha murojaatlarini samarali boshqarishga xizmat qildi.

616416816_1218435320457641_1332359020502258844_n.jpg616602202_1218435470457626_1524696021304616533_n.jpg618467719_1218435353790971_6586443895373576097_n.jpg616827986_1218435437124296_5719247373005819285_n.jpg

Back to the list