23.01.2026
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 1200 nusxada chop qilingan “Endokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda bemorlar marshruti, kasallik profilaktikasi va dispanserizatsiyasi” nomli qo‘llanma Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi orqali viloyatdagi barcha endokrinolog va oilaviy shifokorlarga tarqatildi. Ushbu qo‘llanma orqali endokrinolog, oilaviy shifokorlar bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, endokrinologik tibbiy xizmat sifatini oshirishga olib keladi.