Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
23.01.2026
2026 yil 12–14 yanvar kunlari Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  rekonstruktiv plastik jarrohlik bo‘limi mudiri, t.f.d. T.T. Kamalov rahbarligida hamda Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari bilan birgalikda Respublikada amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar Nukus shahri, Amudaryo va Beruniy tumanlarida tashkil etildi. Oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar uchun 6 ta asosiy endokrin nozologiya bo‘yicha bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan interaktiv o‘quvlar o‘tkazilib, har bir shifokorga tayyor chop etilgan yo‘l xaritalari tarqatildi.
Shuningdek, har bir tuman va shaharda tibbiyot birlashmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, endokrin kasalliklar bo‘yicha yo‘l xaritalari taqdim etildi hamda ularni amaliyotga to‘liq joriy etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 
Qandli diabet bo‘yicha skriningni to‘liq o‘tkazish maqsadida poliklinikalarning moddiy-texnika ta'minoti holati o‘rganildi.
Bundan tashqari, endokrin kasalliklar bo‘yicha dispanser kuzatuvni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda joylarda og‘ir holatdagi bemorlar ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida t.f.d. T.T. Kamalov mahalliy televideniyeda chiqish qilib, olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning aholi salomatligiga uzoq muddatli ta'siri va endokrin kasalliklarni erta aniqlashning muhimligi haqida keng jamoatchilikka tushuntirish berdi.
Olib borilgan tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, endokrin kasalliklarni barvaqt aniqlash va asoratlarning oldini olishga qaratilgani yana bir bor ta'qidlab o‘tildi.

photo_2026-01-17_12-55-53.jpgphoto_2026-01-15_11-55-57.jpgphoto_2026-01-15_11-55-59.jpgphoto_2026-01-15_11-56-00.jpgphoto_2026-01-12_18-33-30.jpgphoto_2026-01-12_18-32-48.jpgphoto_2026-01-12_18-33-05.jpgphoto_2026-01-12_18-33-27 (2).jpgphoto_2026-01-12_18-33-27.jpgphoto_2026-01-12_18-33-08.jpg

Back to the list