Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
23.01.2026
Sochlar va yuz terici uchun PRP-terapiya
 
Yo.X. Turakulov nomidagi RIEIATM konsulьtativ poliklinikasida sochlar va yuz terici holatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy davolovchi-tiklovchi PRP-terapiya (plazmoterapiya) amaliyoti o‘tkaziladi.
PRP-terapiya — bemorning o‘z qonidan olingan, trombotsitlar bilan boyitilgan autologik plazmadan foydalanishga asoslangan innovatsion davolash va yoshartirish usulidir. Ushbu usul xavfsiz va biologik mos bo‘lib, to‘qimalarning tabiiy regeneratsiya jarayonlarini faollashtiradi.
PRP-terapiya kimlar uchun ko‘rsatilgan
Sochlar uchun PRP-terapiya quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
• sochlarning diffuz va o‘choqli to‘kilishida;
• androgenetik alopetsiyaning boshlang‘ich va o‘rta bosqichlarida;
• sochlarning ingichkalashishi va zaiflashishida;
• soch o‘sishining sekinlashishida;
• bosh terisi holatining buzilishida.
Yuz terisi uchun PRP-terapiya quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
• terida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda;
• teri turgori va elastikligi pasayganda;
• quruqlik va rangning xiralashuvida;
• mayda ajinlar mavjud bo‘lganda;
• postakne va teri rel'efi notekisligida.
PRP-terapiya samaralari
Sochlar uchun PRP-terapiya quyidagi samaralarni beradi:
• soch to‘kilishini kamaytiradi;
• yangi soch o‘sishini rag‘batlantiradi;
• soch follikullarini mustahkamlaydi;
• bosh terisi holatini yaxshilaydi.
Yuz terisi uchun PRP-terapiya quyidagilarga yordam beradi:
• teri tonusi va tuzilishini yaxshilashga;
• ajinlar namoyonligini kamaytirishga;
• teri elastikligi va zichligini oshirishga;
• yuz rangi yaxshilanishiga.
Muolaja malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, tibbiy xizmat ko‘rsatishning amaldagi standartlari hamda aseptika va antiseptika qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma'lumot:
• qabul konsulьtativ poliklinikada amalga oshiriladi;
• muolaja shifokor maslahatidan so‘ng tibbiy ko‘rsatmalar asosida o‘tkaziladi;
• oldindan yozilish shart.
 Koll-markaz: +998 (55) 508-50-00


IMG_0920.PNGIMG_0140.PNGplazma2.283x0-is.jpgIMG_0139.PNG

Back to the list