27.01.2026
2026-yil 23 yanvar kuni Jizzax viloyatining Jizzax shaxar birlamchi tizim oilaviy shifokorlariga RIEIATM mutaxassisi, Jizzax viloyati kuratori, PhD N.S.Nazarova 6 ta endokrin nazologiya bo'yicha tashxislash va davolash yo'l xaritasi haqida ma’ruza o'qidilar. Ma’ruza interaktiv savol javob ko'rinishida o'tkazilib, shifokorlar faoliyatida uchrovchi vaziyatli holatlar misolida ko'rib chiqildi va RIEIATM tomonidan 500 nusxada chop qilingan “Endokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda bemorlar marshruti, kasallik profilaktikasi va dispanserizatsiyasi” nomli qoʼllanmalardan barcha oilaviy shifokorlarga tarqatildi.Qatnashdilar:
Oilaviy shifokorlar - 72 nafar
Amaliyotchi hamshiralar - 70 nafar;





Back to the list