Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
06.02.2026

Marshrutizatsiya Sirdaryo viloyatida

Yo.X.Tuqakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot endokrinologiya markazi endokrinologik xizmatni rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi doirasida, markazning konsultatsion poliklinika shifokorlari Sыrdaryo viloyatining barcha tumanlariga xizmat safari bilan chiqdilar va o‘quv tadbirlarini o‘tkazdilar.

Safarning maqsadi — umumiy amaliyot shifokorlari, amaliyotchi va patronaj hamshiralarni endokrinologiya sohasida malakalarini oshirish va eng ko‘p uchraydigan endokrinologik kasalliklar bo‘yicha bemorlarning marshrutizatsiya tizimini joriy qilish:

• 1 va 2 tur qandli diabet,

• semirish,

• diffuziy buyrak,

• qandsiz diabet,

• diabetik ketoatsidoz.

O‘quv jarayonida quyidagilar amalga oshirildi:

• bemorlarning marshrutizatsiyasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;

• eng ko‘p uchraydigan endokrinologik kasalliklarning profilaktika va davolash usullari bo‘yicha ma'ruzalar va namoyishlar;

• marshrutizatsiya va tibbiy xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilashga qaratilgan videoroliklar va elektron materiallar taqdimoti.

Bunday safarlar va o‘quv tadbirlari endokrinologik kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri marshrutizatsiya qilish va viloyatning barcha tumanlarida endokrinologik yordam sifatini oshirish imkonini beradi.

photo_2026-01-21_09-55-34.jpgphoto_2026-02-06_13-54-49.jpgphoto_2026-02-06_14-23-32.jpgphoto_2026-02-05_14-29-27.jpg


Back to the list