09.02.2026
Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 31 oktyabrdagi “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirini amalga oshirish to‘g‘risidagi 335-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida 2026 yil 2–28 fevral kunlari Andijon shahrida tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda.Mazkur tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) xodimi M.Sh. Do‘shamova hamda filial mutaxassislari tomonidan 2–7 fevralь kunlari Andijon shahridagi 2-, 3-, 6- va 8-sonli oilaviy poliklinikalar hamda KTMP muassasalarida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi.
Tekshiruvlar jarayonida aholining salomatlik holati baholanib, turli kasalliklarning erta belgilari aniqlandi, har bir fuqaroga tibbiy maslahatlar hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha individual tavsiyalar berildi. Shuningdek, endokrinologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va nazorat qilish masalalari yuzasidan oilaviy shifokorlar uchun tushuntirish ishlari olib borildi.
“Salomatlik marafoni” aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, o‘z salomatligiga bo‘lgan mas'uliyatni kuchaytirish va kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida yuqori ahamiyat kasb etmoqda.
©Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati





Back to the list