Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
12.02.2026
«Yod tanqisligini bo‘yicha xavf guruhlarida biologik monitoring qilish usulini ishlab chiqish hamda tashxislash va davolash algoritmlarini yangilash» mavzusidagi davlat granti doirasida Nurafshon, Angren va Chirchiq shaharlarida, shuningdek Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida skrining tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1–5-sinf o‘quvchilari klinik ko‘rikdan o‘tkazildi, qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi (UZI) amalga oshirildi. Shuningdek, bolalardan siydik namunalari hamda oilalar tomonidan iste’mol qilinayotgan osh tuzi namunalari yig‘ilib, ularda yod miqdorini aniqlash uchun laborator tahlilga yuborildi.

Olingan natijalar xavf guruhidagi bolalar o‘rtasida yod tanqisligini baholash hamda samarali profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirishga xizmat qiladi.

630597813_1236185562015950_4641384385602822195_n.jpgphoto_2026-02-10_09-23-40.jpgphoto_2026-02-10_09-23-47.jpgphoto_2026-02-10_09-23-31.jpg

Back to the list