12.05.2026
Endokrin kasalliklarni profilaktika qilish, barvaqt aniqlash va samarali nazoratni ta'minlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.2026 yil 5–8 may kunlari Markazning neyroendokrinologiya bo‘limi mudiri, t.f.d. Xolikova A.O. va hududiy filial kuratorlari ishtirokida interaktiv yig‘ilish o‘tkazilib, dispanser nazorati, skrining jarayonlari va statistik hisobotlardagi muammolar muhokama qilindi hamda aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, Mirishkor, Yakkabog va Nishon tumanlarida oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar uchun amaliy o‘quv seminar va suxbat tashkil etildi.
Tuman tibbiyot birlashmalari boshlikldari bilan uchrashuvda ham sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.





Back to the list