13.05.2026
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash va kadrlar yetishmovchiligini to'ldirish RIEIATMning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu sababli, Respublikaning turli hududlaridan kelgan 22 nafar shifokor RIEIATM O'quv markazida "birlamchi tibbiy yordam endokrinologi" ixtisosligini olish uchun 3,5 oylik o'quv kursini muvaffaqiyatli tamomladilar.