14.05.2026
Bugun markazimizga Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar markazimizning zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.