26.05.2026
Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda soha olimlari, professor-o'qituvchilar, shifokorlar, talabalar, stipendiantlar, akademikning shogirdlari va hamkasblari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida akademik Yolqin To'raqulovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan film namoyish etildi. Anjuman davomida olimning o'zbek endokrinologiya maktabini shakllantirishdagi o'rni, biokimyo, radioterapiya va yod tanqisligi kasalliklari bo'yicha olib borgan fundamental tadqiqotlari haqida ma'ruzalar tinglandi.
Back to the list