03.06.2026
Markazimizning tibbiyot bo‘limi bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolashga qaratilgan zamonaviy yondashuv asosida faoliyat yuritadi.
Bo‘limimizda turli murakkablikdagi holatlar bilan ishlanadi — yangi aniqlangan qandli diabetdan tortib gemodializ muolajasini olayotgan bemorlargacha.
Mutaxassislarimiz kasallik asoratlarining oldini olish, mavjud asoratlar bo‘lsa esa bemorning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan individual tavsiyalar va davolash rejasini ishlab chiqadilar.
Davolash jarayoni eng so‘nggi xalqaro klinik tavsiyalar hamda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari asosida olib boriladi.
BIZNING MAQSADIMIZ — SIZNING SALOMATLIGINGIZ!
Qo‘shimcha ma’lumot va qabulga yozilish uchun:
+998 55 508 50 00
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 56