11.06.2026
O'zbekiston endokrinologiya xizmati rahbariyati Yaponiyada “Qandli diabet va endokrin kasalliklarni davolash hamda profilaktikasi” mavzusidagi xalqaro sertifikatlangan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.
Stajirovka davomida delegasiya Yaponiyaning ilg'or sog'liqni saqlash tajribasi, tibbiy xizmatni tashkil etishning zamonaviy usullari, raqamli texnologiyalar va diabetni erta aniqlash hamda profilaktika qilish bo'yicha samarali modellar bilan tanishdi.
Olingan bilim va tajribalar mamlakatimizda endokrinologik xizmat sifatini yanada oshirish, zamonaviy diagnostika va profilaktika usullarini joriy etishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik va tajriba almashish – tibbiyot taraqqiyotining muhim omili