Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
11.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 2026-yil 11–15-may kunlari Estoniya davlatiga xizmat safari tashkil etilib, unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari, akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2 nafar mutaxassisi hamda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirok etdilar.
Xizmat safari davomida ishtirokchilar Estoniyaning ilg‘or raqamli sog‘liqni saqlash tizimi, X-Road platformasi, elektron tibbiy ma’lumotlar almashinuvi, axborot xavfsizligi va zamonaviy boshqaruv tajribalarini o‘rganib, o‘z malakalarini oshirdilar.
Olingan bilim va xalqaro tajriba mamlakatimizda raqamli tibbiyotni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda aholiga qulay, shaffof va zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini yaratishga xizmat qiladi.
Yurtimiz tibbiyot sohasini rivojlantirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Video: 

Back to the list