22.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining endokrinologiya xizmatini takomillashtirishga doir qarorlari hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yil 15- iyun kuni Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri Diabetalogiya bo'limi mudiri O'. Mavlonov tomonidan Olot tuman tibbiyot bo’limi (TTB) va tuman aholisiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida endokrin kasalliklarni barvaqt aniqlash, davolash sifatini oshirish va bemorlar monitoringini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishdan iborat. Milliy klinik protokollarni joriy etish (41-sonli buyruq ijrosi) Tuman shifokorlarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 41-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan va kafolatlangan tibbiy yordam hajmlariga mos keluvchi Milliy klinik protokollar keng joriy etildi