Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
01.07.2026
29.06.2026 Fargona viloyatida "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi
 2026-yil 30-iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) direktori A.V. Alimov hamda direktor o‘rinbosari S.S. Faxrutdinova boshchiligida "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish doirasida Fargona viloyati endokrinologik xizmatini 2026–2030-yillarda rivojlantirish mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Fargona viloyatidagi barcha SHTB va TTB rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, oilaviy poliklinikalar mudirlari hamda RIEIATM Fargona filiali tomonidan tumanlarga biriktirilgan kuratorlar ishtirok etdi.
Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiy brigada xodimlari, tuman endokrinologlari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining koordinatorlari ham seminarga qatnashdilar.
Seminar davomida quyidagi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi:
 Qandli diabet va uning asoratlarini profilaktika qilish;
 Tugʻma gipotireoz skriningini takomillashtirish;
 Qalqonsimon bez saratonini erta diagnostika qilish;
 Qandli diabet, semizlik va metabolik sindromning oldini olish hamda nazorat qilish;
 Yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi;
 Kattalarda endokrin kasalliklarni samarali nazorat qilish;
 DMED tizimi va elektron monitoringni rivojlantirish.
Seminar yakunida ishtirokchilarga "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida endokrinologik xizmatni yanada takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

736745265_1348490834118755_3990659801462689738_n.jpg736142690_1348490904118748_6188397720111038131_n.jpg736065659_1348490720785433_7584631402131814954_n.jpg735287112_1348490774118761_7142195344118143698_n.jpg731105151_1348490730785432_8819898751572355054_n.jpg732871922_1348490680785437_4481030102283563382_n.jpg732763462_1348490797452092_5637930578501040924_n.jpg735001901_1348490690785436_4230047908887794114_n.jpg734570322_1348490884118750_7113738642046788298_n.jpg733019824_1348490860785419_4665741955552840949_n.jpg

Back to the list