Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
01.07.2026
Namangan viloyatida "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi  2026-yil 30-iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) direktori A.V. Alimov hamda direktor o‘rinbosari S.S. Faxrutdinova boshchiligida "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish doirasida Namangan viloyati endokrinologik xizmatini 2026–2030-yillarda rivojlantirish mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Namangan viloyatidagi barcha SHTB va TTB rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, oilaviy poliklinikalar mudirlari hamda RIEIATM Namangan filiali tomonidan tumanlarga biriktirilgan kuratorlar ishtirok etdi.
Shuningdek, ZOOM platformasi orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiy brigada xodimlari, tuman endokrinologlari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining koordinatorlari ham seminarga masofadan turib qatnashdilar.
Seminar davomida quyidagi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi:
 Qandli diabet va uning asoratlarini profilaktika qilish;
 Tugʻma gipotireoz skriningini takomillashtirish;
 Qalqonsimon bez saratonini erta diagnostika qilish;
 Qandli diabet, semizlik va metabolik sindromning oldini olish hamda nazorat qilish;
 Yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi;
 Kattalarda endokrin kasalliklarni samarali nazorat qilish;
 DMED tizimi va elektron monitoringni rivojlantirish.
Seminar yakunida ishtirokchilarga "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida endokrinologik xizmatni yanada takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

736715251_1348898680744637_5203054936971767995_n.jpg733993013_1348898784077960_8401874011591958408_n.jpg734387611_1348898724077966_1615128025355203744_n.jpg

Back to the list