03.07.2026
26.06.2026 yilda Toshkent shahri Chilonzor tumani kuratori D.M. Madjidova tomonidan Chilonzor tumani 36-OP da endokrinologik xizmatning birlamchi tizimdagi holati o‘rganildi. Tekshiruv davomida Endoskrining o‘tkazilishi holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchi bemorlarning ambulator kartalari ko‘rib chiqildi. Elektron retseptlarni rasmiylashtirish holati, dori vositalari reambursatsiyasi hamda insulin preparatlarini bemorlarga belgilangan tartibda tarqatilishi o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tibbiyot xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi.


Back to the list