03.07.2026
"UMID" xayriya jamoat birlashmasi tomonidan «O‘zbekistonda 1-tur Qandli diabet bilan yashovchi yoshlarning diabet nazorati va hayot sifatini yaxshilash» loyihasining davomi sifatida 2026 yilning 22–29 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chotqol» sog‘lomlashtirish sanatoriysida 18–35 yoshli 30 nafar Qandli diabet 1-tur bilan yashovchi qizlarga bepul kompleks sog‘lomlashtirish va dam olish dasturi tashkil etildi va Toshkent viloyatidan 5 nafar bemorlar ishtirok etishdi. Sanatoriyda o‘zini o‘zi nazorat qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashib, qondagi glyukoza miqdori kuniga 5–6 marta o‘lchab, fizioterapevtik muolajalar qabul qildi va InBody diagnostika apparati yordamida tana vazni indeksi, mushak, yog‘ va suyak to‘qimalarining holati aniqlandi.O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi «Bolalar psixologiyasi markazi» psixologi ishtirokida psixologik suhbat va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda surunkali kasallik bilan yashashda ruhiy barqarorlikni saqlash, stressni boshqarish va ijobiy hayotiy yondashuvni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.