06.07.2026
SEMINARO’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2025-yil 31-oktyabrdagi 335 –sonli buyrug’ining 3-ilovasi “Oila maktabi” Respublika salomatligi faoliyatini miqyosida yo‘lga qo‘yish, 11-14-bandlariga asosan tibbiyot xodimlari uchun bemor marshrutlari bo’yicha vorkshoplar tashkillashtirish” asosida joriy iylning 3-iyul kuni Bo'stonliq tumani tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi tibbiy brigada amaliyotchi hamshiralar, patronaj hamshiralar va patronaj doyalari uchun seminar-trening tashkil qilindi. Seminarda Toshkent viloyat Endokrinologiya dispanseri bosh hamshirasi N.K.Odilova Qandli diabet kasalligi, kelib chiqish sabablari va kasallikni erta aniqlash maqsadida skrining xaqida gapirib, diabetga chalingan bemorlarni parvarish qilish hamda asoratlarni oldini olish, insulin qilish qoidasi, parhez stoli xaqida hamshiralarga tushunchalar berdi va aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish lozimligini aytdi. Seminar so'ngida ishtiroqchilar bilan qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi.