Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
09.07.2026
Ayni paytda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshlig‘i S.Zayniyev hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.Alimovlar rahbarligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijro holati va samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.  Yig‘ilishda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining viloyat filiallari, SamDTU klinikalari, viloyat tibbiyot muassasalari, shahar va tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

 Shuningdek, hududiy studiyalar orqali ZOOM platformasida shahar va tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlarining barcha xodimlari, oilaviy poliklinikalar mudirlari hamda katta hamshiralari ham yig‘ilishga onlayn tarzda ulangan.

 Bugungi kunda,
Samarqand viloyatida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi 80 dan ortiq oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari, shuningdek, o‘nlab ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari faoliyat yuritmoqda.

 Yig‘ilishda mazkur muassasalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, raqamlashtirish jarayonlari, elektron tibbiy hujjatlar tizimi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligi yuzasidan hisobotlar tinglanmoqda.

 Muhokamalar jarayonida tibbiyot muassasalarida ijro intizomini kuchaytirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash, aholi murojaatlari bilan ishlash sifati hamda tibbiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Shu bilan birga, har bir shahar va tuman kesimida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar bildirilmoqda. Mas’ul rahbarlar oldiga aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar qo‘yilmoqda.

#Yig‘ilish_ishi_davom_etmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.


740286278_1355395526761619_7886764032245764025_n.jpg742462035_1355395820094923_8446048454412121682_n.jpg740351654_1355395693428269_2712905222917783044_n.jpg740467729_1355395623428276_8958659401517093622_n.jpg741464694_1355395900094915_9085080492345934057_n.jpg742129773_1355395783428260_4021607573801246068_n.jpg741820654_1355395993428239_3689844292960713055_n.jpg741828196_1355395940094911_680804895672357566_n.jpg

Back to the list