10.07.2026
Yig‘ilish Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hodimlari: Abdurahimov Lutfiyor Adilovich – raqamlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Chekmanov Vladimir Nikolayevich – Endokrin registr bo‘limi mutaxassisi, Yusupov Akmal Shakirjanovich – tashkiliy-uslubiy bo‘lim mutaxassisi, hamda Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM Toshkent shahar filiali mutaxassislari: Sareva Viktoriya Eduardovna – Toshkent shahar bosh endokrinologi, Yo‘ldosheva Shoxsanam Akmalovna – Toshkent shahar filiali tashkiliy-uslubiy bo‘limi mudiri ishtirokida o‘tkazildi.Shuningdek, yig‘ilishda MKTP bosh shifokori Durmanova G.G. tuman bosh endokrinologi Kadirxanova M.T., tuman endokrinologlari hamda oilaviy shifokorlari, patronaj va amaliyotchi hamshiralari qatnashdi
Kun tartibi
1. DMED axborot tizimida shakllantirilgan ma'lumotlar hamda tuman SP tomonidan taqdim etilgan hisobotlar o‘rtasidagi tafovutlarni tahlil qilish.
2. Endokrin kasalliklar bo‘yicha dispanser kuzatuvini yuritish holatini ko‘rib chiqish.
3. Endokrin skrining natijalarini DMED axborot tizimiga to‘g‘ri va to‘liq kiritish tartibini muhokama qilish.
4. DMED tizimi bilan ishlash sifatini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.



Back to the list