Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
17.07.2026
 Joriy yilning 8-11 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 dekabrdagi topshiriqlari bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida
Samarqand viloyatida tibbiyotni raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish hamda «D-MED» yagona tibbiyot axborot tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Shu munosabat bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Samarqand viloyati Raqamli sog‘liqni saqlash (Situatsion) markazi filialida soha mas’ullari bilan mavjud holatni tahlil qildi. 

Muloqot davomida raqamli tizim orqali bemorlarni kuzatish, tibbiyot muassasalari faoliyatini onlayn nazorat qilish, telemeditsina imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur ishlar Samarqand viloyatida zamonaviy, shaffof va bemorga yo‘naltirilgan tibbiy xizmat tizimini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.


photo_2026-07-17_11-43-49.jpgphoto_2026-07-17_11-43-58.jpgphoto_2026-07-17_11-43-56.jpgphoto_2026-07-17_11-43-55.jpgphoto_2026-07-17_11-43-53.jpgphoto_2026-07-17_11-43-50.jpg

Back to the list