Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
20.07.2026
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 8–11- iyul kunlari davlatimiz rahbari Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida markazimiz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor A. Alimov boshchiligida Samarqand viloyatida keng qamrovli ishlar olib borildi. 

 Uning doirasida Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Samarqand filialida birlamchi tibbiy muassasalarda tibbiyot yo‘l xaritalarini samarali qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida tibbiyot yo‘l xaritalarini amaliyotga tatbiq etish, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish hamda zamonaviy klinik yondashuvlarni kundalik faoliyatga joriy etish masalalari yuzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga tibbiyot yo‘l xaritalarining mazmun-mohiyati, ulardan samarali foydalanish tartibi, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

O‘quv-seminar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar hamda orttirgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha fikr almashdilar.

photo_2026-07-17_14-08-41.jpgphoto_2026-07-17_14-08-50.jpgphoto_2026-07-17_14-09-00.jpgphoto_2026-07-17_14-08-55.jpgphoto_2026-07-17_14-08-43.jpgphoto_2026-07-17_14-08-58.jpg

Back to the list