Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
20.07.2026
Navbatgai seminar 14–15-iyul kunlari Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish situatsion markazida bo’lib o’tdi. 

Seminar davomida ishtirokchilarga D-MED axborot tizimining imkoniyatlari, elektron tibbiy hujjatlarni yuritish, endokrinologik bemorlarning raqamli hisobini shakllantirish, ma’lumotlar bazasini to‘g‘ri yuritish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy raqamli yechimlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari bilan sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, hududlarda tizimni samarali joriy etish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur seminar tibbiyot muassasalarida raqamli boshqaruvni takomillashtirish, tibbiy xizmatlarning sifati va qulayligini oshirish hamda Prezidentimiz tomonidan belgilangan islohotlarni izchil amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

photo_2026-07-18_09-41-51.jpgphoto_2026-07-18_09-41-49.jpgphoto_2026-07-18_09-41-50.jpgphoto_2026-07-18_09-41-52.jpgphoto_2026-07-18_09-41-51 (2).jpg

Video: 

Back to the list